Kaliforniyadagi tibbiyot markazida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN telekanaliga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Noxush hodisa Aliso-Vexo shahrida sodir bo‘lgan. Shuningdek, yana bir necha kishi jarohat olgan, hozirda ularning soniga aniqlik kiritilmoqda.
Ta’kidlanishicha, portlash to‘lqini oqibatida binoning birinchi qavatidagi oynalar va tomga shikast yetgan. Mutaxassislar portlovchi qurilma yoki gaz izini topa olmagan.
Orinj okrugi sherifi Deyv Soyerning aytishicha, ushbu portlash baxtsiz hodisa yoki qastdan uyushtirilgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)