Polshalik Tomash Komenda 18 yillik qamoq jazosidan keyin qotillik va zo‘rlashda aybsiz deb tan olindi va ozod qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Polshadagi kichik shaharchada 18 yil avval 15 yoshli qiz zo‘rlangan va sovuqda qoldirib ketilgan. Bu jinoyatni sodir etganlikda 23 yoshli Komenda aybdor deb topilgan. U 25 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Yaqinda ish yuzasidan yangi dalillar paydo bo‘lgan, xususan, ekspertiza natijalari sudlangan kishining aybsizligini ko‘rsatgan.
Polsha Oliy sudi birinchi instansiya va apellyatsiya sudining erkakni aybdor deb topish haqidagi qarorini bekor qilgan. Sud Tomash Komendani aybsiz deb tan olgan.
Endi tergovda yangi gumonlanuvchilar bor, ish davom ettiriladi. Komenda davlatdan qamoqda o‘tgan 18 yil uchun tovon so‘rashga haqli.
Izoh (0)