Toshkentda nihoyat o‘zining bayrami paydo bo‘ladi — shahar kuni nishonlanadi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga ko‘ra, hokimlikka shahar kunini nishonlash bo‘yicha muntazam ravishda takliflar kelib turadi. Shu bois hokimlik qoshida tuzilgan jamoatchilik kengashi yaqin orada bu mavzuni ishlab chiqishga kirishadi.
Shuningdek, shahar bo‘ylab “Toshkent sizni yaxshi ko‘radi” xeshtegli fotozonalar paydo bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, shahar kuni dunyoning deyarli barcha yirik shaharlarida yilda bir, odatda dam olish kunlari nishonlanadigan bayram. Shu kuni xalq sayllari, yarmarkalar, ko‘rgazmalar, konsertlar, musobaqalar, tanlovlar uyushtiriladi. Bayram odatda katta mushakbozlik bilan yakunlanadi.
Izoh (0)