Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi T.O. Lada mashinasini Mustaqillik ko‘chasida boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Jalaquduq tumanida yashagan Q.P. Matiz avtomobilida unga yo‘l bermaganligi uchun janjallashadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
T.O. mojaro asnosida Q.P.ning chap ko‘krak qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazdi.
Jabrdiyda kasalxonaga yotqizildi, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalariga qaramay, hayotdan ko‘z yumdi.
Lada haydovchisi qo‘lga olindi.
Izoh (0)