Parijning PSJ jamoasi Fransiya kubogi finalida “Le Erbye” klubini mag‘lub etdi. “Stad de Frans”da o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida Unai Emeri shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi.
Bellashuvning 26-daqiqasida Jovani Lo Chelso hisobni ochgan bo‘lsa, 74-daqiqada parijliklar to‘purari Edinson Kavani penaltini aniq amalga oshirib o‘yinga yakuniya nuqtani qo‘ydi.
PSJ esa shu tariqa ketma-ket 4-marta, umumiy hisobda esa 12-bora Fransiya kubogini qo‘lga kiritishga erishdi.
Fransiya kubogi
Final bellashuvi
8-may, seshanba
“Le Erbye” – PSJ 0:2
Gollar: 0:1 – 26 Lo Chelso, 0:2 – 74, penalti Kavani.Ogohlantirishlar: Berchiche (15), Pisho (73).
Izoh (0)