Miyaga qon quyilishi sabab operatsiya qilingan “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson sog‘aya boshladi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 76 yoshli shotlandiyalik mutaxassis avvalgidek intensiv terapiya bo‘limida, biroq dushanba kuni u komadan chiqdi va yaqinlari hamda do‘stlari bilan suhbatlashdi.
Fergyuson yaqinlarining ta’kidlashicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Shifokorlar mijozga uzoq muddatli davolanish kerakligini aytgan.
Aleks Fergyuson 27 yil (1986-2013) davomida “Manchester Yunayted”ni boshqargan va klub bilan 38 ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)