Tailandda futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi kecha, 7-may sanasida Eronga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Amaldagi Osiyo chempioni hisoblangan Eron futzal terma jamoasi O‘zbekiston termasini 9:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Terma jamoa tarkibida gollarga Tanzila Zarbiyeva hamda Rushaniya Safinalar mualliflik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi.
Endi Avaz Maxsumov shogirdlari 9-may kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.
Futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
Eron — O‘zbekiston 9:2
Izoh (0)