Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev vazirlar mahkamasining vakolati tugagani haqidagi farmoyishni imzoladi, deb xabar beradi “RBK”.
Bu bugun, 7-maydan e’tiboran Vladimir Putin Rossiya prezidentligiga to‘rtinchi bor saylanib, vazifasiga kirishganidan so‘ng yuz berdi.
Rossiya konstitutsiyasining 116-moddasida yangi prezident saylanganidan so‘ng eski hukumatning iste’foga chiqishi ko‘zda tutilgan.
Endilikda mamlakat konstitutsiyasining 11-moddasiga ko‘ra, prezident ikki hafta ichida Davlat dumasiga yangi bosh vazir lavozimiga nomzod ko‘rsatishi kerak. Vazirlar mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlanguniga qadar eski hukumat prezident topshirig‘iga ko‘ra ishlaydi.
Izoh (0)