“Levada-sentr” tomonidan o‘tkazilgan so‘rov ishtirokchilari Vladimir Putin prezidentlik faoliyati davomida qanday muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikka erishganiga ovoz berdi, deb xabar qiladi Meduza.
So‘rov natijalariga ko‘ra, Putinning asosiy muvaffaqiyati deya “Rossiyaga buyuk davlat maqomini qaytargani” (47 foiz) va Shimoliy Kavkazdagi vaziyatni barqarorlashtirgani (38 foiz) haqidagi bandlari tanlangan. So‘rov ishtirokchilar yana bir necha variantlarni ham tanlash imkoniga ega bo‘lgan.
Prezident Putinning faoliyatiga bildirilgan asosiy shikoyatlarni ijtimoiy soha tashkil etadi. Ishtirokchilarning 45 foizi prezident daromadlarning adolatli taqsimlanishini uddalay olmaganini ta’kidlangan bo‘lsa, 39 foizi esa oddiy odamlar islohotlar oqibatida yo‘qotgan mablag‘larini hamon qaytara olmayotganini belgilagan.
So‘rov ishtirokchilarining 32 foizi prezident oylik ish haqi, stipendiya va nafaqalarni oshirishga qodir emasligini aytgan. 2015-yilda o‘tkazilgan shu turdagi so‘rovda ushbu band 15 foizni tashkil etgan.
Izoh (0)