5—6-may kuni Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bangladeshning Dakka shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining 45-sessiyasida ishtirok etdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Sessiya ishida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar delegatsiyalari, qator xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashabbusi bilan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari kengashining 45-sessiyasi “2020-yilda O‘zbekistonda IHTning ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha ikkinchi sammitini o‘tkazish to‘g‘risida”, “Toshkentda islom svilizatsiyasi markazini barpo etish to‘g‘risida”, “ O‘zbekistonda yosh olimlarning xalqaro islom markazini yaratish to‘g‘risida” gi rezolyutsiyani qabul qildi.
Bundan tashqari, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi tomonidan 26—27-mart kunlari Toshkentda o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaning ahamiyati va dolzarbligi qayd etildi.
Izoh (0)