Islom Karimov fondi YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan o‘zaro ko‘mak va hamkorlik to‘g‘risida sheriklik bitimi imzoladi. Bu haqda fondning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Ushbu bitim ta’lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikdagi faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Xususan, unda inklyuziv ta’lim, moddiy va nomoddiy madaniy merosni kelajak avlod uchun asrash, muzeylarni targ‘ib va muhofaza etish, turizmni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro anjuman va uchrashuvlar o‘tkazish kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)