6-may kuni Qirg‘izistonning “Oq-Qiya avtoyo‘l” nazorat-o‘tkazish punktida chegaradan O‘zbekiston fuqarosini noqonuniy tarzda olib o‘tishga uringan Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olindi, deb yozadi KNews.
1987-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli Hyundai Starex rusumidagi transport vositasi ko‘zdan kechirilganda, yukxonadan pasport nazoratidan o‘tmasdan Qirg‘iziston hududiga kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi topilgan.
O‘zbekistonlikning davlat chegarasidan o‘tish uchun hujjatlari bo‘lmagan. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, qonunbuzarlar Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga topshirildi.
Izoh (0)