O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq banki va “Mikrokreditbank”ning moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.
Qaror bilan Xalq banki va “Mikrokreditbank”ni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishilari belgilab berilgan.
“Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga qishloq joylarida oilaviy va kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik va quyon yetishtirishni rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik berishda mazkur banklar bilan hamkorlikni kengaytirish topshirildi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
Qarorga muvofiq, UzPaynet kompaniyasi tugatiladi va Xalq bankida jismoniy shaxslardan yetkazib beruvchilar oldidagi o‘z pullik majburiyatlarini bajarish uchun to‘lovlar qabul qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma tuziladi.
Izoh (0)