O‘zbekistonlik futbolchi Server Jeparov to‘p suradigan Tehronning “Istiqlol”i Eron Kubogi finalida quyi liga vakili “Huneh be Huneh”ga qarshi maydonga tushdi, deb yozadi “Goal24.ru”.
O‘yin taqdiri birinchi bo‘limning 35-daqiqasida Tiam tomonidan kiritilgan gol orqali hal etildi. Ushbu gol o‘yin oxirigacha yagona bo‘lib qoldi va “Istiqlol” Eron Kubogi sohibiga aylandi. Server Jeparov esa maydonda to‘liq 90-daqiqa harakat qildi.
Shu tariqa “Istiqlol” klub tarixida 7-marta mamlakat kubogi g‘olibi bo‘ldi.
Eron Kubogi
Final o‘yini
3-may, payshanba
Izoh (0)