“Real Madrid”ning Kosta-rikalik posboni Keylor Navas va “Liverpul”ning senegallik hujumchisi Sadio Mane UEFA talqini bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasida hafta o‘yinchisi bo‘lishga nomzod sifatida ko‘rsatildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
“Real” darvozaboni “Bavariya”ga qarshi yarim finalning javob uchrashuvida (2:2) bir nechta vaziyatlarda jamoasi joniga oro kirib, o‘yin davomida 8 ta seyvni amalga oshirdi.
Sadio Mane esa “Roma”ga qarshi javob uchrashuvida hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.
O‘tgan safar ushbu nom uchun Marselo hamda Muhammad Saloh kurash olib borgan edi. Yakunda haftaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Saloh e’tirof etilgandi.
Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda. Natijalar 4 may kuni e’lon qilinadi.
Izoh (0)