Janubiy Koreyaning Inchxon aeroportida farrosh bo‘lib ishlovchi erkakka kutilmaganda omad kulib boqdi. U chiqindilarga mo‘ljallangan konteyner ichidan umumiy qiymati 327 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan yetti dona oltin yombilarni topib oldi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Har birining og‘irligi bir kilogramm keladigan oltinlar gazetaga o‘ralgan bo‘lgan. Politsiyaning taxminlariga ko‘ra, oltinning egasi qo‘lga tushib qolmaslik uchun ularni tashlab ketgan.
Agarda oltinlar egasi olti oy davomida paydo bo‘lmasa uning barchasi farroshning mulkiga aylanadi.
Oltinlar egasi topilib qolganida ham Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra, farroshga topilmaning 20 foizi taqdim etiladi. Biroq ushbu oltin yombilar noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, farroshga hech nima berilmaydi.
Izoh (0)