30-aprel, dushanba kuni Shvetsiya prokuraturasi tomonidan terakt tayyorlashda gumon qilinib hibsga olingan uch kishi O‘zbekiston fuqarolaridir, deb yozadi “RIA Novosti”.
Shvetsiyaning TT axborot agentligi aniqlik kiritishicha, ulardan kamida bir nafari ilgari boshqa bir o‘zbekistonlik — o‘tgan yilning aprelida Stokgolmda terakt uyushtirganlikda gumonlanib sud qilinayotgan Rahmat Oqilov bilan aloqada bo‘lgan.
Shvetsiya politsiyasi mamlakat shimolida va Stokgolm tashqarisida operatsiya olib borgan. O‘zbekistonliklardan tashqari, politsiyaga so‘roq qilish uchun yana bir necha kishi keltirilgan.
Izoh (0)