Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida 29-aprel kuni soat 13:00 atrofida Beruniy tumanida yashagan S.Nurimbetov Lada Largus mashinasini A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu” yo‘lining 1035-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetiga ag‘darildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa oqibatida haydovchi S.Nurimbetov va yo‘lovchi Sh.Shamuratov jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ular hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)