Buxoro viloyatining Jondor tumanida 29-aprel kuni soat 10:50 atrofida G‘ijduvon tumanida yashovchi J.Muzaffarov Setra rusumli avtobusni tuman hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 319-kilometrida haydab ketayotganda orqa g‘ildirak balloni yorilib ketishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga chiqib, ag‘darildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
YTH tufayli avtobusning 49 yo‘lovchisidan 4 nafari jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.
Shuningdek, 26 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Qolgan 19 nafar yo‘lovchi jarohatlanmagan.
Izoh (0)