Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyi qarshisiga Shomahmudovlar oilasi haykali o‘rnatilmoqda. Voqea joyidan olingan suratlar bilan Xalqaro press klub Facebook’dagi sahifasida bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, 26-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hozirgi kunda “Istiqlol” deb ataladigan sobiq Xalqlar do‘stligi saroyiga uning eski nomi qaytarishni taklif qilgan edi. “Shayxontohur tumanidagi ko‘chaga Shomahmudovlar nomi qaytariladi. Metroga ham ‘Xalqlar do‘stligi’ nomini qaytarsak, maydonga ham, ‘Istiqlol’ saroyini ‘Xalqlar do‘stligi’ saroyi qilsak”, — dedi Prezident.
Ikkinchi jahon urushi yillarida 15 nafar bolaga boshpana bergan temirchi Shoahmad Shomahmudov oilasi sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik 1982-yilda Xalqlar do‘stligi maydonida o‘rnatilgan, 2008-yilda esa shahar chekkasiga ko‘chirilgandi. 2017-yil 9-may kuni esa Toshkentning Xalqlar do‘stligi bog‘i (sobiq Bobur bog‘i)da qayta ochildi.
Izoh (0)