O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Tojikistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
“O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3—4-may kunlari Dushanbega tashrif buyuradi. U ‘Terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish’ mavzusidagi yuqori darajali xalqaro anjumanda ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.
Dushanbada bo‘lib o‘tadigan anjumanda 400 ga yaqin mehmon ishtirok etishi kutilmoqda: tegishli vazirliklar va 50 dan ortiq davlat idoralarining, shuningdek, 30 ta xalqaro tashkilot va institut vakillari.
Anjumanda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham chiqish qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)