28-aprel sanasida Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy olimpiya qo‘mitalari xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Sabah tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Martabali mehmon 29-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati ma’lum qildi.
U yerda martabali mehmon Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida tomonlar marhum Prezidentga oid xotiralarni yodga olishdi.
“Islom Abdug‘aniyevichga hurmatim baland edi. Biz bilan uchrashishga rozi bo‘lganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Hamdardligimni qabul qilgaysiz. Sizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Men O‘zbekistonni juda yaxshi ko‘raman. Islom Karimov sportga katta e’tibor qaratar edi. Bugunga kelib, u kishining shogirdi, izdoshi Shavkat Mirziyoyev mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, Olimpiya harakatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida juda katta islohotlarni amalga oshirmoqda va bu tahsinga sazovor. Ishonchim komilki bu qilinayotgan sayi harakatlar yaqin kelajakda o‘z mevasini beradi”, – dedi al-Sabah.
Uchrashuv yakunida Tatyana Karimova mehmonlarga esdalik sovg‘asini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining hayot yo‘li va faoliyatiga bag‘ishlangan kitobni tuhfa etdi.
Izoh (0)