Rossiya chempionati 28-turida “Rostov” o‘z maydonida “Tosno” qabul qildi.
Uchrashuv taqdiri taqdiri 2-bo‘limda hal etildi. Mezbonlarning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov raqib darvozasiga 5 daqiqa ichida 2 ta to‘p kiritib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. “Tosno” tarkibida yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Vagiz Galiulin 90 daqiqa harakat qildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida “Rostov” 34 ochko bilan 11-o‘ringa, “Tosno” esa 24 ochko bilan 15-o‘ringa joylashdi.
Rossiya premyer ligasi
28-tur bellashuvi
29-aprel, yakshanba
“Rostov” — “Tosno” 2:0
Gollar: 1:0 – 67 Shomurodov, 2:0 – 72 Shomurodov.“Rostov”: Abayev, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, Skopinsev (Zuyev, 66), Ionov (Makeyev, 79), Kalachev, Gaskan, Guliyev (Yusupov, 69), Parshivlyuk, Shomurodov.“Tosno”: Yurchenko, Buyvolov, Dugalich, Miyushkovich, Makarov, Galiulin, Jigulev, Nunu Rosha, Paliyenko (Rikardino, 74), Poletanovich (Karniskiy, 81), Truyich (Skvorsov, 69).
Ogohlantirishlar: Makarov (2), Galiulin (35), Guliyev (55), Vilyush (63), Dugalich (68).
Chetlatish: Makarov (26).
Izoh (0)