Armanistondagi muxolifatchilar yetakchisi, “Yelk” partiyasining parlament fraksiyasi rahbari Nikol Pashinyan mamlakat bosh vazirligiga nomzod sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Fraksiya a’zosi Edmond Marukyanning ma’lum qilishicha, vazirlar mahkamasining yangi rahbari 1-may kuni saylanadi.
Parlamentda ko‘pchilik portfellarga ega Respublika partiyasi hozircha o‘z nomzodini ilgari surmadi.
Izoh (0)