Avval xabar berilganidek, bugun, 29-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 9-tur bahslari boshlandi.
Turning dastlabki o‘yini Bekobodda bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Metallurg” “Buxoro”ga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning 48-daqiqasida Shavkat Salomov buxoroliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo bekobodlik ikki daqiqa oralig‘ida ikki gol urib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi. Gollar muallifi esa Zohid Abdullayev hamda Zabihillo O‘rinboyev bo‘ldi.
Ikkinchi o‘yin vodiyda “Navbahor” hamda “Neftchi” o‘rtasida kechdi. Bellashuv tomonlarning 1:1 hisobidagi durangi bilan yakunlandi. “Neftchi” safida Xurshid Asqaraliyev 69-daqiqada gol kiritgan bo‘lsa, mezbon “Navbahor” jamoasi safida Sardor Sulaymonov 84-daqiqada jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Ayni damda turning markaziy o‘yini “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.
9-tur uchrashuvlari ertaga yakunlanadi.
Pepsi Superliga
9-tur bellashuvlari
29-aprel, yakshanba
Izoh (0)