23-apreldan 24-aprelga o‘tar kechasi Turkiyaning janubi-sharqidagi Adiyaman provinsiyasida 5,1 balli zilzila yuz berdi, deb xabar beradi “TASS”.
Zilzila oqibatida 13 kishi jabrlandi. Jabrlanuvchilarning o‘zlari shifoxonaga murojaat qilgan.
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim zilzila oqibatida halok bo‘lganlar yo‘qligini ma’lum qilgan.
“Qurbonlar yo‘q. Ayrim binolar zararlangan. Hukumat tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatishga kirishdi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)