Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan 40 kishi mamlakat fuqaroligini oldi.
Hujjatga ko‘ra, 6 nafardan O‘zbekiston, Afg‘oniston, Moldova, Tojikiston, 5 nafar Ukraina, 3 nafar Ozarbayjon, 2 nafardan Armaniston va Qozog‘iston, bir nafardan Vyetnam, Turkmaniston, Marokash va Belorusda tug‘ilib-o‘sganlarga Rossiya fuqaroligi berildi.
Ular Rossiya fuqarosi sifatida qasamyod keltirganidan so‘ng fuqarolikka ega bo‘ladi. Voyaga yetmaganlar bundan mustasno — ular ota-onalari qasamyod qabul qilganidan so‘ng o‘z-o‘zidan Rossiya fuqarosiga aylanadi.
Izoh (0)