Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan uning tayinlanishiga qarshi uyushtirilgan ommaviy chiqishlardan so‘ng lavozimini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Davlat rahbari sifatida sizlarga oxirgi marta murojaat qilishim. Nikol Pashinyan (norozilik aksiyasi yetakchisi) haq edi. Men xato qildim... Men mamlakat rahbari lavozimini tark etaman”, — dedi u o‘zining murojaatida.
U “ko‘cha harakati” talablarini bajarishga tayyorligini bildirib, vatandoshlarga tinchlik, totuvlik va salomatlik tiladi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Karen Karapetyan Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchiga aylandi.
Izoh (0)