Yerevanda Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan mamlakat bosh vaziri etib saylanishiga qarshi namoyishlar yana tiklandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aksiyani namoyishchilarning bir necha guruhi o‘tkazmoqda. Ulardan biri Yerevan davlat universtiteti binosi oldida to‘plangan.
Norozilik harakati yetakchilaridan biri, namoyishlar davomida qo‘lga olingan parlament deputati Nikola Pashinyanning advokati Rustam Badayan hozirda uning qayerda tutib turilgani noma’lum ekanini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Armanistonda Serj Sargsyan mamlakat bosh vaziri etib saylanishiga qarshi namoyishlar 10 kundan beri davom etmoqda.
Izoh (0)