AQSh Quddusda o‘z elchixonasini 14-may kuni ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Isroilning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonasi press-attashesi Aleks Gandler ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Qo‘shma Shtatlarning Quddusdagi elchixonasi ochilishi shu yil 14-mayda, Isroil mustaqilligi kuni bo‘lib o‘tadi”, — dedi Gandler.
Press-attashega ko‘ra, mazkur marosim va davlat mustaqilligi kunini nishonlashda o‘ta yuqori darajadagi mehmonlar ishtiroki kutilmoqda.
Izoh (0)