Eron Markaziy banki bitkoin va boshqa kriptovalyutalardan foydalanishga taqiq qo‘ydi. Bu boradagi tegishli farmon 22-aprel kuni e’lon qilindi, deb xabar beradi Meduza.
Kriptovalyutalar bilan ishlash mamlakatdagi barcha moliyaviy muassasalar va pul ayirboshlash shoxobchalarida taqiqlanadi.
“Virtual valyutadan ‘pul yuvish’, terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash va firibgarlar o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanish mumkin”, — deyiladi Eron Markaziy banki xabarida.
Fevral oyida Eron axborot texnologiyalar vaziri Muhammad Javad Ozoriy Eron pochta banki o‘zining xususiy kriptovalyutasi ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)