Afg‘oniston shimoli-g‘arbida “Tolibon” radikal harakati jangarilari uyushtirgan hujum oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Qayd etilishicha, jangarilar Badgis provinsiyasida ikkita hujumni amalga oshirgan. Birinchi hujum oqibatida saylovchilarni ro‘yxatga olish markazlaridan birini qo‘riqlayotgan yetti nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Hukumatga tegishli nazorat-o‘tkazish punktida yuz bergan hujumda yana uch nafar harbiy halok bo‘ldi.
Avvalroq, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mahalliy parlament saylovlarida ishtirok etish uchun fuqarolarni ro‘yxatga olish boshlanganini ma’lum qilib, toliblarni joriy yilning oktabr oyida o‘tkaziladigan saylovda ishtirok etishga chorlagan edi. Biroq radikal guruh hukumat taklifini inkor etdi.
Izoh (0)