Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev kortejdan voz kechdi, deb yozadi “Kaktakto”.
Shuningdek, yangi bosh vazir ortiqcha qo‘riqchilar, o‘zi bilan birga yuradigan xodimlarni bo‘shatgan va shaharda harakatlanayotgan vaqtida yo‘llar yopilishidan voz kechgan.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov ham shaharda harakatlanayotgan paytida yo‘llarning to‘liq yopilishidan voz kechgan edi. U harakatlanayotganda yo‘lning bir qismigina yopiladi.
Izoh (0)