Uchinchi marta ona bo‘lish arafasida turgan Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton Londondagi tug‘uruqxonalardan biriga joylashtirildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Kembrij gersoginyasi to‘lg‘oq erta boshlangani munosabati bilan Paddingtondagi Keyt Saint Mary Hospital shifoxonasiga joylashtirildi”, — deyiladi xabarda.
Keyt ushbu shifoxonada 2013-yilda o‘g‘li Jorj, 2015-yilda esa qizi Sharlottani dunyoga keltirgan edi.
Izoh (0)