Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyaning Xoms shahridagi Shayrat harbiy aerodromiga hujum uyushtirdi. Bu haqda suriyalik harbiylarga tayanib “Al-Masdar” portali xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Isroil HHK oxirgi hafta davomida Suriyaga ikkinchi hujumni amalga oshirganligi ta’kidlanmoqda.
Avvalroq Suriyaning rasmiy OAVlari Suriya raketaga qarshi mudofaa tizimi Xoms shahri yaqinida raketani urib tushirganligini xabar bergan edi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, suriyalik harbiylar Shayrat aerodromini nishonga olgan o‘nta raketani to‘xtatib qolgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)