Toshkentda 129 marta turli xil qoidabuzarliklar sodir etib, jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Captiva’ni to‘xtatib, tekshirganida ushbu avtomobil MIB xodimlari tomonidan 123 marotaba qidiruvga berilgani, haydovchining 129 marotaba turli xil qoidabuzarliklar sodir etib, jami 54 million so‘m qarzdorligi aniqlangan. U jarimalarini o‘z muddatida to‘lamagan.
Iyul oyining boshlarida Farg‘onada Malibu avtomobilining 106 marta qoidabuzarligi uchun barcha jarimalari bekor qilingandi. Keyinchalik bu avtomobil Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i Akmal Ahmedov yaqin qarindoshiga tegishliliga aniqlanib, u egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi. Avtomobilda sodir etilgan barcha qoidabuzarliklar bo‘yicha jarimalar belgilangan tartibda undirilgan.
Izoh (0)