Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 23-mart kuni ro‘y bergan oilaviy janjal oqibati xunuk tugadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 20:10 atrofida “Qalmaqon” mahallasida yashovchi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi, 1983-yilda tug‘ilgan G. G‘aniyeva uyidagi mojaro asnosida rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i, 1974-yilda tug‘ilgan I. Aslonovga pichoq bilan tashlanib, jarohat yetkazdi.
Natijada I. Aslonov kasalxonaga yotqizildi. G. G‘aniyeva qo‘lga olindi.
Izoh (0)