Rus gumanitar missiyasi 13-aprel kuni O‘zbekistonda noyob tibbiy loyihani amalga oshirishni boshlaydi, deb xabar bermoqda Sputnik.
“Salomatlikni tekshirish bo‘yicha raqamli test” loyihasi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 16-sonli oilaviy poliklinikasida amalga oshiriladi. Ushbu tashabbus doirasida poliklinikada maxsus jihoz o‘rnatiladi. Uning yordamida odamlar mustaqil tarzda o‘z sog‘liklarini kuzatib borishi mumkin.
Ochilish marosimida bu noyob jihozni ishlab chiqargan tibbiyot fanlar nomzodi Vladimir Savostyanov ishtirok etib, tibbiyot xodimlarga master-klass o‘tkazadi.
Agarda ushbu jihoz yarim yil davomida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, respublikaning boshqa tibbiy muassasalarida ham o‘rnatiladi.
Qayd etilishicha, bu poliklinikada Rus gumanitar missiyasining birinchi loyihasi emas. Undan avval bu yerda quyoshli batareyalar o‘rnatilgandi. Shundan so‘ng bu yerda qo‘shimcha energiya manbasi paydo bo‘ldi. Qimmatbaho tibbiy jizohlar doimiy elektr energiya bilan ta’minlandi.
Missiyaning boshqa loyihalari — Rossiya muzeylarida mavjud bo‘lgan O‘zbekiston madaniy boyliklarini ko‘rgazmasini o‘tkazishni tashkil qilish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda Rossiya Madaniyat vazirligi bilan kelishuv jarayoni ketmoqda.
Izoh (0)