• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abdulla Qodiriyni kim tergov qilgan? Yoxud tergovchilar savoliga Qodiriy javoblari

    O‘zA akademik Naim Karimovning “Abdulla Qodiriyni kim tergov qilgan? Yoxud tergovchilar savoliga Qodiriy javoblari” sarlavhali maqolasini e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    ...Qodiriyning tergovchilarga bergan mazkur ko‘rsatmasini o‘qigan o‘quvchilarda o‘zgacha fikr ham paydo bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, tergov chog‘idagi qiynoqlar sababli ayrim mahbuslar aqldan ozishgan, ayrimlari boshlarini metin devorlarga urib, qattiq jarohat olishgan, keksa yoshdagilar esa qiynoqlardan vafot etishgan. Ba’zilar esa qiynoqlarga dosh berolmay, o‘zlariga ham, o‘zgalarga ham tuhmat qilishga majbur bo‘lgan. Shunday dahshatli holatga tushgan Qodiriy o‘ziga o‘zi tuhmat qilishga majbur bo‘lmaganmikan?..

    Men bunday fikrda emasman. Bunday deyishimga sabab tergov davomidagi mana bu savol-javoblardir:

    “Savol: Siz millatchi sifatida qaysi sovetlarga qarshi tashkilot foydasiga ishlagansiz?

    Javob: Men burjua millatchisi sifatida o‘z oldiga Sovet hokimiyatini ag‘darish maqsadini qo‘ygan sovetlarga qarshi o‘zbek burjua millatchilik tashkiloti foydasiga ishlaganman. Mening matbuot va adabiyot sohasidagi amaliy ishim sovet hokimiyatiga qarshi qaratilgan, shuning uchun shu tashkilot rahbarlari Akmal Ikromov va Fayzulla Xo‘jayev tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanganman, mening sovetlarga qarshi asarlarim shaxsan ularning topshirig‘iga binoan ommaviy adadda nashr etilgan va keng tarqatilgan.

    Savol: Ayting-chi, siz qachon, kim tomonidan va qanday sharoitda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan sovetlarga qarshi millatchilik tashkilotiga yollangansiz?

    Javob: O‘zbekistonda sovet hokimiyati o‘rnatilgan dastlabki kunlarda millatchilik kurashi yo‘liga o‘tganim uchun men amalda sovetlarga qarshi o‘zbek millatchilik tashkilotining keksa va faol qatnashchilaridan biriman, ammo rasman bu tashkilotga a’zo bo‘lmaganman...

    Mustabid sovet davlati hududida yashagan barcha xalqlar tarixining musibatli va eng fojiali davri — 1937-yil o‘zbek xalqi xotirasida ham mudhish sana sifatida muhrlangan. Chunki shu yili Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon singari adiblar, Fayzulla Xo‘jayev kabi davlat arboblari, Abduvahob Murodiy, Sattor Jabbor, G‘ozi Olim Yunusovdek olimlar qatag‘on etildi. Ular o‘zbek xalqining bir necha asrlik turg‘unlik davridan keyin yetishib chiqqan buyuk farzandlari edi. Shu tariqa endigina shakllanib, kamol topib borayotgan yangi o‘zbek fani, texnikasi, maorifi, adabiyoti va san’ati qo‘porib tashlandi. 

    1937-yil 24-aprelda Fitrat o‘zbek ziyolilari orasidan birinchi bo‘lib qamoqqa olindi. 31-dekabrda Abdulla Qodiriy “Ollohga ming qatla shukrlar bo‘lsinki, yangi yilni bola-chaqalarim bilan ko‘radigan bo‘ldim”, deb Samarqand darvozadagi xonadonida norin to‘g‘rab o‘tirganida kutilmaganda NKVD (Ichki ishlar xalq komissariyati) izquvarlari kelib, uni olib ketishdi. Abdulla Qodiriy 1938-yilni NKVD zindonida mahbuslik libosida kutib oldi.

    Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, Cho‘lpon va Fitrat singari jo‘shib-qaynab yashagan ziyolilar ortidan do‘st, yashirin milliy tashkilotning a’zosi, NKVDning maxfiy xodimi sifatida ergashib, ularning har bir qadami, har bir aytgan so‘zini tegishli joyga yetkazib turgan “soyalar” adibni badnom etuvchi ma’lumotlarni qo‘lga kirita olmagan. Shu sababli adib hatto qatag‘on to‘lqini quturgan paytlarda ham NKVD nazariga tushmagan. Shunday bo‘lsa-da, 1937-yil 31-dekabrda O‘zbekiston NKVD Davlat Xavfsizligi Boshqarmasi xodimlari “jinoyatning oldini olish” maqsadida maxsus qaror tayyorlaydi. O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissari, Davlat xavfsizligi mayori Apresyan tasdiqlagan bu qarorda Abdulla Qodiriyga quyidagicha ayblovlar e’lon qilingan:

    1. “Milliy ittihod” aksilinqilobiy millatchilik tashkiloti a’zosi bo‘lib, qator yillar mobaynida Sovet hokimiyati va partiyaga qarshi faol aksilinqilobiy-millatchilik kurashini olib borgan.

    2. Matbuotda partiya va hukumat rahbarlari siyosatiga nisbatan keskin aksilinqilobiy-millatchilik va tuhmatdan iborat maqolalar bilan chiqqan.

    3. Shu kunlarda tugatilgan o‘zbek aksilinqilobiy-panturkistik tashkilotining a’zosi bo‘lib, uning aksilinqilobiy ishida faol qatnashgan.

    4. Yig‘ilishlarda muntazam ravishda aksilinqilobiy-millatchilik, aksilsho‘roviy-millatchilik ruhidagi fikrlarni bayon qilgan.

    Qodiriy mazkur qaror bilan tanishib, uning tagiga “Ushbu qaror menga e’lon etilgan (o‘qudim), bunda ko‘rsatilgan ayblarga rozi emasman va bo‘ynimga olmayman”, deya imzo chekkan.

    NKVD jallodlari 1937-yilda turli-tuman qiynoq usullarini qo‘llash natijasida o‘zbek xalqining qanchadan-qancha ziyolilari irodasini sindira olgan. Inson zoti ko‘rmagan qiynoqlardan zada bo‘lgan ziyolilar qora tuhmatdan iborat so‘roq bayonnomalarini o‘z imzolari bilan tasdiqlashga majbur bo‘lishgan. Biroq Apresyan boshliq NKVD xodimlari Qodiriyni “jilovlash”ning uddasidan chiqisholmadi. Qodiriyning biror aksilinqilobiy tashkilotga daxldor bo‘lganini isbotlovchi isbot topa olmagan tergovchilar yoz oylarida qamalgan yozuvchilarning tergov bayonnomalarini titkilay boshlaydi. Buni qarangki, G‘ozi Olim Yunusov bilan Qayum Ramazon O‘zbekistondagi panturkistlarni sanaganlarida Qodiriy nomini ham tilga olgan, Abdulhamid Sulaymonov (Cho‘lpon) Qodiriy bilan Shohid Esonni millatchi-aksilinqilobchilar qatoriga qo‘shgan, Mo‘min Usmonov Fayzulla Xo‘jayevning Qodiriy, Elbek, Cho‘lpon va Fitratga yaxshi sharoit yaratib berganini eslagan, A’zam Ayub esa Akmal Ikromov “Turkiston” gazetasiga muharrirlik qilgan vaqtda Qodiriyning ham shu gazetada xizmat qilganini aytib o‘tgan ekan. Bu ma’lumotlar, avvalo, bechora mahbuslardan qiynoq ostida olingan, qolaversa, ular dalil va ashyosiz, puch gaplar edi.

    O‘ziga qo‘yilgan barcha siyosiy ayblarning puchligini ko‘rgan Qodiriy tergov jarayonida o‘z haqiqatini mardona himoya qildi. Tergovchilar uch oy mobaynida Qodiriyga nisbatan eng dahshatli qiynoq usullarini qo‘llasa-da, uning irodasini sindira olmadi. Qodiriy bilan bir kamerada yotib, bolsheviklar do‘zaxidan omon chiqqan sobiq mahbuslarning aytishlariga qaraganda, ular adibni kaltaklab, yarim kechada kameraga chalajon holda tashlab ketishar, tibbiyotdan oz-moz xabardor mahbuslar bir hafta-yarim hafta davomida uni davolab, eski holiga keltirishar, bir-ikki haftadan keyin esa yana o‘sha qiynash va davolash “seans”lari davom etar ekan. U baribir tergovchilar talqinida yozilgan tergov bayonnomalariga imzo chekmadi. Shuning uchun ham u imzo chekkan yagona tergov bayonnomasiga “1937-yil, mart” deb yozilgan bo‘lsa-da, sana o‘rniga uch nuqta qo‘yilgan. Bu tergovning nechanchi tergov ekanini ham, 1938-yil martining qaysi kuni bo‘lib o‘tganini ham hech kim bilmaydi.

    Ma’lumki, Qodiriy 1926-yilda “Yig‘indi gaplar” hajviyasi uchun respublika rahbarlari obro‘sini to‘kishda ayblanib, bir necha oy qamoqda yotib chiqqan. Shu jarayon bilan bog‘liq materiallar NKVD tergovchilari ixtiyorida bo‘lgani uchun ular tergovni shu masalaga “oydinlik kiritish”dan boshlamoqchi bo‘ladi. Lekin mahbusning o‘z “xato”larini “Mushtum” jurnali faoliyati bilangina bog‘lamoqchi bo‘lganini sezib, asl maqsadga o‘tishni lozim topishadi.

    “Savol: Siz sovetlarga qarshi millatchilik ishingizni “Mushtum” jurnali doirasi bilan cheklamoqchisiz. Ogohlantiramiz: bu — befoyda urinish. Ma’lumki, siz burjua millatchisi sifatida adabiyot sohasida faollik ko‘rsatgansiz. Shu to‘g‘rida mukammal ko‘rsatma bering.

    Javob: Men tergovdan o‘zimning burjua millatchilik e’tiqodimni yashirmoqchi emasman. Zero, mening bir necha yil davomida olib borganim sovetlarga qarshi millatchilik ishi shu qadar ma’lumki, uni qanchalik istasam ham yashira olmayman. Shuning uchun ham men adabiyot olamida sovetlarga qarshi olib borganim amaliy millatchilik ishi haqida vijdonan, haqqoniy so‘zlab berishga harakat qilaman.

    Men jadidizm burjua-millatchilik partiyasi mafkurasi ruhida tarbiyalanganman, shuning uchun Oktabr inqilobining dastlabki kunlaridanoq Sovet hokimiyatiga qarshi burjua-millatchilik kurashi yo‘liga o‘tganman. Sovet hokimiyati burjua millatchiligi bilan chiqishmagani, aksincha, uning manfaatlariga qarshi bo‘lgani uchun Sovet hokimiyati g‘oyalarini qabul qilmaganman. Shunga asoslangan holda burjua yozuvchisi sifatida butun kuchim va imkoniyatim bilan sovetlarga qarshi faol millatchilik ishini olib borganman.

    Men 1919-yili “O‘tgan kunlar” tarixiy romanini yozishga kirishib, uni uzil-kesil tugatib, 1925-yili nashrdan chiqardim. Sovet hokimiyatining Turkistondagi besh yillik hayoti mening siyosiy e’tiqodimda hech bir o‘zgarishni yuzaga keltirmadi, shuning uchun “O‘tgan kunlar” romani chop etilgan vaqtda men imoni komil burjua millatchisi edim.

    “O‘tgan kunlar” romani sovet voqeligini ochiqdan-ochiq inkor etuvchi, oshkora sovetlarga qarshi, millatchilik ruhidagi asar edi. Men shu asarda inqilobga qadar bo‘lgan ijtimoiy davlat tuzumini va o‘zbek millatchiligini butun kuchim bilan ideallashtirdim. Agar romanda to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Yo‘qolsin sovet hukumati!” deyilgan bo‘lmasa-da, kamida ichki mazmuni shunga chaqirgan...”

    Qodiriyning tergov paytida aytgan bu so‘zlari shu vaqtgacha biror kitob yoki maqoladan o‘rin olmagan. Bugun oddiy kitobxonlar ham, adabiyotshunoslar ham ulug‘ adibning bu so‘zlarini o‘qib hayratlanishlari tabiiy. Nega mahbuslik kursisida, jallodlari ro‘parasida o‘tirgan adib ular qo‘yayotgan tuzoqqa chap berish o‘rniga, ular aytayotgan tuhmatni rad etish o‘rniga, aksincha, o‘zini o‘zi dor sari eltmoqda?! Mahbus adibdagi bu o‘zgarishning sabablari nimada? U tergovchilar bilan kurashda charchaganidanmi yoki o‘zining bolsheviklar zindonidan omon chiqishiga ishonmay qo‘yganidanmi?! Yoki NKVD jallodlari bilan olishishdan ko‘ra, ulardan otilib qutilishni afzal ko‘rganidanmi?!

    Mahbus adibning tergovchilar savoliga javoban aytgan shu so‘zlarini yana bir bor o‘qib ko‘rsangiz, undan boshqacha bir ma’no ham chiqadi. “O‘tgan kunlar” romani chop etilgan vaqtda men imoni komil burjua millatchisi edim”, — demoqda adib. Bu nima degani?.. “Sovet hokimiyatining Turkistondagi besh yillik hayoti mening siyosiy e’tiqodimda hech bir o‘zgarishni yuzaga keltirmadi”, — demoqda u yana.

    U aytmoqchiki, Sovet hokimiyati barpo etilganidan keyin chor mustamlakasi bo‘lgan Turkistonda hech qanday o‘zgarish ro‘y bermadi. Chor hokimiyati ham, Sovet hokimiyati ham Turkistonni talash, Turkiston aholisini ezishdan boshqa biror karomat ko‘rsatmadi!.. Uning “siyosiy e’tiqodi” zaminida shu masala mujassam. Shuning uchun ham adib “O‘tgan kunlar” romanida inqilobga qadar Turkistonda hukm surgan ijtimoiy davlat tuzumini va “o‘zbek millatchiligi”ni ideallashtirdim, deb o‘ylaydi. U “o‘zbek millatchiligi” deganda o‘zbeklarning o‘z tarixi, yurti, tili, urf-odatlarini qadrlashini nazarda tutadi. Jadid yozuvchilari asarlaridagi “millatchilik” — milliy g‘oya, milliy dunyoqarash, milliy mentalitetning mustamlakachilik sharoitida xira tortishiga qarshi kurash qurolidir. Bolsheviklar ana shu quroldan qo‘rqishgan. Millatchilik, aslida, millatparvarlik deganidir.

    Qodiriyning tergovchilarga bergan mazkur ko‘rsatmasini o‘qigan o‘quvchilarda o‘zgacha fikr ham paydo bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, tergov chog‘idagi qiynoqlar sababli ayrim mahbuslar aqldan ozishgan, ayrimlari boshlarini metin devorlarga urib, qattiq jarohat olishgan, keksa yoshdagilar esa qiynoqlardan vafot etishgan. Ba’zilar esa qiynoqlarga dosh berolmay, o‘zlariga ham, o‘zgalarga ham tuhmat qilishga majbur bo‘lgan. Shunday dahshatli holatga tushgan Qodiriy o‘ziga o‘zi tuhmat qilishga majbur bo‘lmaganmikan?..

    Men bunday fikrda emasman. Bunday deyishimga sabab tergov davomidagi mana bu savol-javoblardir:

    “Savol: Siz millatchi sifatida qaysi sovetlarga qarshi tashkilot foydasiga ishlagansiz?

    Javob: Men burjua millatchisi sifatida o‘z oldiga Sovet hokimiyatini ag‘darish maqsadini qo‘ygan sovetlarga qarshi o‘zbek burjua millatchilik tashkiloti foydasiga ishlaganman. Mening matbuot va adabiyot sohasidagi amaliy ishim sovet hokimiyatiga qarshi qaratilgan, shuning uchun shu tashkilot rahbarlari Akmal Ikromov va Fayzulla Xo‘jayev tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanganman, mening sovetlarga qarshi asarlarim shaxsan ularning topshirig‘iga binoan ommaviy adadda nashr etilgan va keng tarqatilgan.

    Savol: Ayting-chi, siz qachon, kim tomonidan va qanday sharoitda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan sovetlarga qarshi millatchilik tashkilotiga yollangansiz?

    Javob: O‘zbekistonda sovet hokimiyati o‘rnatilgan dastlabki kunlarda millatchilik kurashi yo‘liga o‘tganim uchun men amalda sovetlarga qarshi o‘zbek millatchilik tashkilotining keksa va faol qatnashchilaridan biriman, ammo rasman bu tashkilotga a’zo bo‘lmaganman.

    Savol: Siz yolg‘on gapiryapsiz. Tergov sizning «Milliy ittihod», keyinchalik «Milliy istiqlol» sovetlarga qarshi millatchilik tashkilotlarida qatnashganingiz haqida ishonchli ma’lumotlarga ega. Bularni qanday qilib inkor etasiz?

    Javob: Men “Milliy ittihod”, shuningdek, “Milliy istiqlol” tashkilotlariga hech kim tomonidan yollanmaganim uchun bu tashkilotlarga tashkiliy-rasmiy jihatdan mansub bo‘lganimni inkor etaman...”

    Ko‘ramizki, Qodiriy tergovchilarning savollariga o‘ylab javob bermoqda. U sovet hokimiyatining mustamlakachilik siyosatidan norozi bo‘lgani uchun o‘zini shu hokimiyatga qarshi kurashayotgan sovetlarga qarshi tashkilot a’zolari safida ko‘radi, shu tashkilotning norasmiy a’zosi sifatida faoliyat olib borganini aytadi. Ammo shu tashkilotga kim tomonidan yollanganini keskin rad etadi. O‘zgacha aytganda, Qodiriy o‘zga bir kishining istagi va da’vati bilan emas, balki o‘z qalbining da’vati bilan sovet hokimiyatiga qarshi kurashganini e’tirof etgan.

    Kapitalistik davlatlar qurshovida qolgan sovet davlati 1936-yilda og‘ir sanoatni rivojlantirish, yaqinlashib kelayotgan urushga hozirlanish maqsadida xalqqa yangi soliqlar solgan, zayom chiqarib, uni majburiy ravishda tarqatgan. Sovet davlatining shu siyosati xalqning aksar qismida norozilik uyg‘otgan. Tergovchilar shu voqea munosabati bilan mahbusga bunday savol berishgan:

    “Savol: Siz 1936-yilda ruhoniylarning sovetlarga qarshi yig‘inida qatnashgansiz, shu yig‘inda sovet hokimiyati siyosati aksilinqilobiy ruhda muhokama qilingan. Shuni tasdiqlaysizmi?

    Javob: Ha, tasdiqlayman. 1936-yilning yozida bir ruhoniy — yaqin kishim Zahiriddin A’lamning uyida sovetlarga qarshi yig‘in bo‘lib o‘tgan, unda Sovet hokimiyatining soliq va zayom siyosati sovetlarga qarshi ruhda muhokama qilingan. Men shaxsan o‘z fikrimni bayon qilmagan bo‘lsam ham, Zahiriddin A’lamning sovetlarga qarshi tuhmatdan iborat fikriga to‘la qo‘shilganman. Shu jihatdan o‘zimni aybdor hisoblayman”.

    Bizgacha yetib kelgan yagona so‘roq bayonnomasi Qodiriyning shunday iqror so‘zlari bilan tugaydi. Qodiriy shu so‘nggi javobi bilan ham sovet davlatining xalq iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatajak siyosatidan norozi bo‘lganini yashirmaydi, aksincha, Zahiriddin A’lamning “sovetlarga qarshi fikri”ga to‘liq qo‘shilganini aytadi.

    Ma’lum bo‘lishicha, shu o‘tirishda G‘afur G‘ulom ham hozir bo‘lgan ekan. U 1938-yil 21-mart kuni bo‘lib o‘tgan so‘roqda bunday degan: “1936-yili men Qodiriy bilan birgalikda Nabi Sharipovning uyiga taklif etildim (...); o‘sha xonadonga Zahiriddan A’lam, Shohidov, Cho‘lpon (...) va menga notanish kimsalar taklif etilgan ekan. O‘tirish davomida faqat siyosiy mavzuda suhbatlashdilar, hamma Sovet hokimiyatini qoraladi, sovetlarga qarshi gapirdi. Qodiriy “Sovet hukumati zayom chiqardi, endi uni majburiy tartibda odamlarga tarqatmoqda”, — dedi. O‘tirish qatnashchilarining bari Qodiriyning fikr-mulohazasini qo‘llab-quvvatladi va shu yerdayoq zayomga obuna bo‘lmaslik haqida targ‘ibot yuritishga kelishib qo‘ydilar”.

    G‘afur G‘ulomning bu so‘zlari bilan Qodiriyning javobi o‘rtasida bir oz farq bo‘lishiga qaramay, mohiyati bitta: Qodiriy sovet hukumatining shu siyosati xalqning moddiy turmushiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ravshan bo‘lgani uchun undan norozi bo‘lgan. U shu noroziligini ochiq-oydin aytgan va shu masalada ayrim zamondoshlari kabi munofiqlik qilmagan.

    Ammo Qodiriy Fitrat va Cho‘lpondek sovet davlati mustamlakachilik siyosatining mohiyatini keskin fosh etuvchi va xalqni bolsheviklar davlatiga qarshi kurashga da’vat etuvchi birorta asar yozgan emas. Uni o‘z asarlari bilan sovet hokimiyatiga qarshi kurashgan, deyish ham noto‘g‘ri. U o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyotini yuksak bosqichga ko‘targan, o‘zbek xalqini jahonga tanitgan, “Obid ketmon” qissasi, “Shubha”, “Quyoshga qarshi kurashaman” singari hikoyalari bilan esa sovet davlatining jamoalashtirish kampaniyasini qo‘llab-quvvatlagan adibdir. U tergov jarayonida ana shu adibning manglayiga “xalq dushmani” degan mudhish tamg‘ani qo‘yayotgan sovet davlatiga qarshi sokin isyon ko‘taradi va shu isyon uchqunlarining paydo bo‘lish tarixini sovet davlatiga qarshi kurash tarixi sifatida talqin etmoqchi bo‘ladi.

    Qodiriy 1937-yil 10–20-mart kunlarida Mo‘min Usmonov, Qurbon Beregin, Nazrulla Inoyatov, G‘ozi Olim Yunusov va Sa’dulla Tursunxo‘jayev bilan yuzlashtiriladi. Yuzlashtirishdan maqsad Qodiriyni shu mahbuslarning ko‘rsatmalari asosida go‘yo A.Ikromov va F.Xo‘jayev rahbarlik qilgan sovetlarga qarshi aksilinqilobiy tashkilotning a’zosi sifatida qoralash edi. Qodiriy yuzlashtirish vaqtida 1932-yilga qadar millatchi yozuvchi bo‘lganini e’tirof etgan bo‘lsa-da, aksilinqilobiy tashkilotga a’zo bo‘lganligi haqidagi aybni mutlaqo tan olmagan. Shunga qaramay, 1938-yil aprel oyida (kuni ko‘rsatilmagan) O‘zNKVD DXB 4-bo‘limi 3-bo‘linmasi boshlig‘i yordamchisi, DX leytenanti N.Trigulov va shu bo‘linma boshlig‘i, DX leytenanti Bogomolov “Ayblov xulosasi”ni tuzadi. 4-bo‘lim boshlig‘i yordamchisi, DX leytenanti Matveyevning roziligi olingan “Ayblov xulosa”si mahbusga o‘qib eshittiriladi. “Ayblov xulosasi”da qayd qilinishicha, Qodiriy O‘zSSR Jinoyat kodeksining 58, 64 va 57-moddalari bo‘yicha, ya’ni O‘zbekistonni Sovet Ittifoqidan ajratib olish maqsadida tuzilgan aksilinqilobiy millatchilik tashkilotining a’zosi bo‘lganlik va shu maqomda sovetlarga qarshi aksilinqilobiy faoliyatni olib borganlikda ayblangan edi.

    Tergov paytida ham, yuzlashtirishlar jarayonida ham Abdulla Qodiriyning aksilinqilobiy tashkilot a’zosi bo‘lgani fakti mutlaqo tasdiqlanmagan.

    1956-yilda shaxsga sig‘inish fojialarini qoralash ishlari boshlanganda shu jinoyat bilan shug‘ullangan O‘zNKVD xodimlarining tiriklari tergovga tortilib, ommaviy qirg‘inda ishtirok etgani uchun NKVD organlaridan haydashdek “favqulodda og‘ir jazo”ga hukm qilindi. Shu jarayonda tergovchilarning o‘z lavozimlarini suiiste’mol qilgani, ya’ni istalgan kishini qamoqqa olib, istagancha azoblagani va ularga istagancha jazo berganlari kundek ravshan bo‘ldi.“Yozuvchi Abdulla Qodiriyning ishi yuzasidan shuni aytishim lozimki, — degan Nurmi Trigulov 1956-yil 9-iyunda bo‘lib o‘tgan tergovda, — u Agabekovning tashabbusi bilan qamoqqa olingan... O‘sha paytdagi barcha tergov ishlaridek, Abdulla Qodiriy ustidan qo‘zg‘atilgan ish ham ibtidoiy usulda, inqilobiy qonunchilikka xilof ravishda olib borilgan... Masalan, Abdulla Qodiriy o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni sira tan olmagan; tintuv paytida jinoyat belgilarini ko‘rsatadigan birorta ham ashyo-dalil topilmagan; shuning uchun qamoqdagi boshqa mahbuslarning ko‘rgazmalaridan olingan nusxalar unga qarshi ishlatilgan—buni men tasdiqlayman. O‘sha paytdagi tartibga ko‘ra, har qanday odamning biror millatchilik tashkilotiga aloqadorligini isbotlash uchun mahbuslarning ko‘rsatmalaridan olingan nusxalar yetarli bo‘lar, shu asosiy ashyo hisoblanar edi. Shunday ashyoga asoslanib prokuror qamoqqa olish haqida farmon berar, shu ashyo asosida mahbusga ayb qo‘yilar va aybnoma tuzilar edi. Shunday masxarabozlik bilan Abdulla Qodiriy ishi ham oxiriga yetkazilgan; jinoiy ish yuzasidan qonuniy tergov olib borilmagan, u xo‘jako‘rsinga so‘roq qilingan...”

    Trigulov o‘z ko‘rsatmasida “inqilobiy qonunchilikka xilof ravishda olib borilgan” iborasini qo‘llagan. Holbuki, o‘tgan asrning 20—30-yillarida harakatda bo‘lgan “inqilobiy qonunchilik” yuz minglab begunoh kishilarning bekordan-bekorga otilib ketilishi, yuz minglab kishilarning boshqa o‘lkalarga surgun qilinishi, ota-onasi qatag‘on qilingan minglab bolalarning qarindosh-urug‘lari bag‘ridan yulib olinib, boshqa shahar va respublikalardagi “Bolalar uyi”ga yuborilishiga to‘liq imkon bergan.

    1938-yil 4-oktabrda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan NKVD maxsus poligonida otib tashlangan va shu yerdagi xandaqlardan birida maxfiy ravishda dafn etilgan Abdulla Qodiriy taqdiri ham shundan dalolat beradi.

    Naim Karimov, akademik

    Manba: Ishonch gazetasi

    11.04.2018, 10:12   Izoh (0)   103088
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston kompaniyasi uning mahsuloti nomi va yorlig‘ini ko‘chirib olganligini isbotlab berdi

    11.04.2018, 09:54

    Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida baholash qudug‘ining uchdan ikki qismi burg‘ilab bo‘lindi

    11.04.2018, 09:21

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara xizmatlari rahbarlari ikki davlat chegarasidagi hodisani muhokama qildi

    11.04.2018, 08:37

    Rossiyaga noqonuniy ravishda kirib yashayotgan ikki nafar o‘zbekistonlik qiz qo‘lga olindi

    11.04.2018, 08:35

    Samarqandda bir oilaning 5 a’zosi uyda tayyorlangan mahsulotdan zaharlandi

    11.04.2018, 08:08

    Toshkentdagi “Malika” savdo markazida joylashgan ayrim do‘konlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

    11.04.2018, 07:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.