AQShning yangi iqtisodiy sanksiyalari rossiyalik milliarderlarga jiddiy zarar keltirdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
“‘RusAl’ kotirovkasining pasayib ketishi kunning asosiy hodisasi bo‘ldi, biroq sanksiyalar faqat Oleg Deripaskining boyligiga zarba bermadi, bugun Forbes ro‘yxatining ko‘plab ishtirokchilari kambag‘allashdi”, — deyiladi xabarda.
Jurnal ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik badavlat insonlarning umumiy yo‘qotishi 12 milliard dollarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 6-aprel kuni Vashington yetti nafar rossiyalik tadbirkor, ular nazorati ostidagi 14 ta kompaniya hamda 17 mansabdorga qarshi sanksiyalar joriy etdi.
Izoh (0)