Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy mamlakat prezidenti lavozimini tugatib, tegishli vakolatlarni Davlat kengashiga berishni, uning a’zolarini esa har yili aprelda saylashni taklif qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Prezidentlik instituti — bu Rossiya uchun begona bo‘lgan institut, u faqat Amerika uchun mos keladi… Rossiyaga nima yaqinroq? Kollektiv boshqaruv organi, Davlat kengashi. U yerga barcha gubernatorlar, asosiy vazirlar, parlament rahbariyati, ehtimol, Oliy sud raisi kirishi kerak… Saylovlar har yili aprelning oxirgi seshanbasida o‘tkazilishi kerak, ushbu band ham Rossiya Konstitutsiyasiga kiritib qo‘yilishi kerak”, — deb yozdi u o‘z Telegram-kanalida.
Siyosatchi ta’kidlashicha, bu holda fuqarolar faqat Davlat dumasi deputatlarini saylaydi. U merni shahar dumasi majlisida “besh daqiqa ichida” yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylashni taklif etib, misol keltirdi.
Izoh (0)