Qozog‘istonda “chiroyli” avtomobil raqamlari uchun talab o‘sib bormoqda, deb yozadi Tengrinews Qozog‘iston “Fuqarolar uchun hukumat” davlat korporatsiyasi matbuot kotibi Murat Jumanbayga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragi davomida “Fuqarolar uchun hukumat” davlat korporatsiyasining ixtisoslashtirilgan Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlari orqali 913 million tenge (2,8 million dollar)lik 3385 ta o‘ta talabgir davlat avtomobil raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Taqqoslash uchun, butun o‘tgan yil davomida qozog‘istonlik avtomobil egalari 1,5 milliard tenge (4,6 million dollar)lik 4,5 mingta o‘ta talabgir davlat avtomobil raqamlarini sotib olgan.
Izoh (0)