Istanbuldagi qurilayotgan kasalxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Shaharning G‘oziusmonposhsho tumanidagi “Taqsim” ilmiy-tadqiqot gospitali binosi alanga ichida qoldi. Yong‘in kasalxona tomida boshlanib, keyin boshqa qavatlarga o‘tdi.
Kasalxona mijozlari va xodimlari, shuningdek, qo‘shni binodagilar ham evakuatsiya qilindi.
Hozirda yong‘in bartaraf etildi. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)