Oq uy yaqin orada AQSh prezidenti Donald Trampning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi mumkinligini tasdiqladi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Sara Sanders ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Uning aytishicha, 20-mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Tramp Putinga uchrashishni taklif qilgan.
“Ular qator manzillar, jumladan, Oq uyda ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishni muhokama qildi”, — dedi Sanders.
Oq uy vakili uchrashuv sanasini oshkor qilmadi va “bu yaqin orada bo‘lib o‘tishi”ni aytish bilan cheklandi.
Izoh (0)