Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2017-yilda Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan teraktni hattoki o‘zaro tanish bo‘lmagan va faqat zamonaviy aloqa vositalari orqali muloqot qilgan ekstremistik tashkilot ishtirokchilari amalga oshirgan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday aloqa usullaridan foydalanilganda qoladigan “elektron izlar”ning sinchiklab tahlil qilinishi natijasida qisqa muddatda jinoiy guruh a’zolarining barchasi fosh qilingan va shaxsi aniqlangan.

Petrenkoning qo‘shimcha qilishicha, jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchi sifatida 11 kishi jalb qilingan, ularning barchasi hibsda saqlanmoqda.

2017-yil 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metropoliteni vagonida ro‘y bergan portlash oqibatida 16 kishi, shu jumladan, xudkush terrorchi — qirg‘izistonlik Akbarjon Jalilov halok bo‘ldi. 50 kishi jarohat oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
U-20 JCH—2023. Isroil bu safar Braziliyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. Italiyada ham g‘alaba
Sport
Liga 1. “PSJ” 5 ta gol urilgan o‘yinda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi 
Sport
“Leypsig” “Ayntraxt” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozonib, Germaniya Kubogi g‘olibiga aylandi