Hindistonda namoyish uyushtirgan quyi kastalar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Olti kishi Madxya-Pradesh shtatida, ikki kishi Uttar-Pradeshda va yana bir kishi Rojastonda halok bo‘lgan.
Namoyishlar sabab poyezdlar harakati to‘xtab qolgan, yo‘llar yopilgan.
Quyi kasta vakillari ko‘chalarga Oliy sudning qaroridan norozi bo‘lib chiqqan. Ularning fikriga ko‘ra, mazkur qaror quyi tabaqa vakillarini himoya qiluvchi qarorlar ta’sirini pasaytiradi.
Avvalroq, Hindiston Oliy sudi kastalarni xo‘rlaganlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni zudlik bilan hibsga olish haqidagi qonunni bekor qildi.
Izoh (0)