Ispaniyadagi Kataloniya muxtoriyatining sobiq rahbari Karles Puchdemon Daniyadan Germaniyaga kirganida hibsga olindi. Bu haqda uning advokati Jaume Alonso-Kuevillyas bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Advokatning so‘zlariga qaraganda, Puchdemon Finlyandiyadan Belgiyaga ketayotgan chog‘da Daniya – Germaniya chegarasini kesib o‘tgan edi. Hozir u politsiya uchastkasida tutib turilibdi.
Germaniyaning Kil shahri politsiyasi Kataloniyaning sobiq rahbari ushlanganini tasdiqladi.
Izoh (0)