Italiya parlamenti yuqori palatasiga ilk marta ayol kishi rahbar etib tayinlandi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
“Italiya, olg‘a” partiyasi vakili Mariya Elizabetta Alberti Kazellati 240 ta ovoz to‘plab ushbu lavozimga saylandi.
Kazelatti 71 yoshda. U Berluskonining eng yaqin tarafdori hisoblanadi. Ayol muqaddam vazirlar o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan, 2001-yildan boshlab esa parlamentga saylanib kelar edi.
Senat raisi mamlakat boshqaruvidagi ikkinchi shaxs hisoblanadi.
Izoh (0)