AQSh prezidenti Donald Tramp davlat kotibi lavozimiga Mayk Pompeo nomzodini senat tasdig‘idan o‘tishi uchun ilgari surdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Prezident mazkur lavozimga Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Mayk Pompeoni tayinlashga qaror qildi.
Shuningdek, Shimoliy Koreya muammosini hal etishda AQSh prezidenti Donald Tramp va davlat kotibi Reks Tillerson o‘rtasidagi nomuvofiqlik Tillersonning iste’foga chiqishi uchun asosiy sabab bo‘lganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)