AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchilari uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklashdan qaytarishga uringan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
The Washington Post manbalariga tayanib xabar qilishicha, Tramp maslahatchilari fikrini e’tiborsiz qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni prezidentlik saylovida erishgan g‘alabasi bilan tabrikladi. Tramp Putin bilan, jumladan, Davlat departamenti rahbariyatidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, Rossiya va AQSh aloqalarining istiqbolini muhokama qildi.
Avvalroq esa Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklamoqchi emasligi, uning kun tartibida ushbu munosabat bilan telefon qo‘ng‘irog‘i rejalashtirilmagani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)